Ishlash istagida bo’lgan talabalar yangi ish o’rinlariga yo’naltirildi

Samarqand davlat chet tillar institutida ishga muhtoj talabalarni aniqlash va ularni ishga joylashtirish, davlat tashkilotlarida bo‘sh ish o‘rinlarining mavjudligi aniqlab, ular bilan hamkorlikda ish olib borish, mavjud til o’qitish markazlari faoliyatini kengaytirish orqali bo’sh ish o’rinlari yaratish, institutning hamkorliklari doirasidagi sohalar, ya’ni ta’lim, xizmatlar ko’rsatish, ishlab chiqarish, umumta’lim maktablari, turizm kabi sohalar faoliyatini kengaytirish bilan birgalikda yangi ish o’rinlarini yaratish, shuningdek, yaratilgan ish o’rinlariga talaba-yoshlarni jalb etish orqali ularni ish bilan ta’minlash kabilar yuzasidan muntazam amaliy ishlar olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan bugun, 16-mart kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov ishtirokida rahbariyat vakillari Ingliz tili II fakultetida tahsil oluvchi talaba-yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, ularni ish bilan ta’minlash masalalariga bag’ishlangan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Jarayon doirasida ishga muhtoj bo’lgan talabalar institutda, shuningdek, institut bilan hamkorlikda ish olib borayotgan turli davlat tashkilotlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari va mavjud til o’qitish markazlariga yo’naltirildi. Bundan tashqari, ular ta’lim, xizmatlar ko’rsatish, ishlab chiqarish, umumta’lim maktablari, turizm kabi turli sohalarda ham faoliyat olib borishlari mumkin.


Share:
2022-03-24 12:53:07 148