“Vatan haqqiga munojot” kitobining taqdimoti o’tkazildi

 

Talaba-yoshlarning zamonaviy va sifatli ta’lim olishlari, darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari hamda o’z ustida mustaqil ilmiy izlanishlar bilan shug’ullanishlari borasida Samarqand davlat chet tillar institutida ko’plab ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va sport to’garaklari faoliyati yo’lga qo’yilgan.

Jumladan, bugun, 28-mart kuni “Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari” kafedrasi qoshidagi “Yosh innovatorlar klubi” va “Falsafiy munozara” to’garagi a’zolari ishtirokida “Vatan haqiga munojot” kitobining taqdimoti o’tkazildi. Taqdimotda kitob muallifi A.Berdimurodov, institut prorektori O.G’aybullayev, kafedra jamoasi hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Jarayon davomida qatnashchilar kitobda keltirilgan Vatan haqidagi satrlar xususida mulohaza yuritishdi va kitobning Vatanga bo’lgan muhabbat g’oyasini olib chiqishi e’tirof etildi. Shuningdek, Vatanga bo’lgan sadoqatni unutmaslik, Vatanni ardoqlash, umuman olganda Vatan – onamiz ekanligi kabi ezgu g’oyalarni ilgari surishi borasida qizg’in savol-javoblar bo’ldi. Savol-javob jarayonlarida faollik ko’rsatgan talaba-yoshlar kitoblar bilan taqdirlanishdi.

Share:
2022-03-29 14:51:21 147