Talabalar o’rtasida kurash musobaqasi bo’lib o’tdi

 

Samarqand davlat chet tillar institutida Sohibqiron Amir Temur bobomiz tavalludining 686-yilligiga bag’ishlangan hamda institut 27-spartakiadasining “Kurash” sport turi bo’yicha musoboqa tashkil qilindi.

Musobaqaning ochilish marosimida institut rektori Ilhomjon To’xtasinov hamda O'zbekiston kurash federatsiyasi Samarqand viloyat bo'linmasi raisi Ibrohim Karimovlar so’zga chiqishib, kurash sport turi keyingi yillarda ko’pchilik xorijiy davlatlar qiziqishining ortishiga sababchi bo’layotganligi, qolaversa, Osiyo o’yinlariga kiritilgan yagona milliy sport turimiz ekanligi to’g’risida to’xtalib, polvonlarga omad tilashdi.

6 ta vazn(60,66,73,81,90,90+kg) toifasida bo’lib o’tgan bellashuvda mavjud barcha fakultetlardan 100 nafardan ortiq talabalar ishtirok etishdi. Sportga qiziquvchi talaba va professor-o’qituvchilarning olqishlab, qo’llab-quvvatlab turganligi qatnashchilarning yanada ruhlanishiga turtki bo’ldi.

 

Musobaqa so’ngida 1-2-3-o’rinni qo’lga kiritgan barcha sovrindorlarga institut kasaba uyushmasi tomonidan ajratilgan qimmatbaho sovg’alarni institut rektori Ilhomjon To’xtasinov hamda prorektorlar Fazliddin Ro’ziqulov va Zafar Qo’ziyevlar topshirishib, sportchilarning keyingi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilashdi.

Share:
2022-04-04 13:59:11 1071