Koreyalik professor Kim Kyong Je o’z faoliyatini muvaffaqiyatli yakunladi

Xabaringiz bor, institutning “Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili” ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarga koreys tilidan dars berish maqsadida Janubiy Koreyaning Dongguk Universitetidan professor Kim Kyong Je joriy yilning mart oyida o‘quv jarayoniga jalb etilib, u mazkur o‘quv yili yakuniga qadar Sharq tillari fakultetida faoliyat olib bordi.

Bugun, 13-iyun kuni institut rektori, professor Ilhomjon To‘xtasinov Dongguk Universiteti professori Kim Kyong Je bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida qilingan ishlar, erishilgan yutuqlar va amalga oshirilgan loyihalar to‘g‘risida suhbatlashildi. Shuningdek, institut rahbariyati Kim Kyong Je minnatdorchilik bildirdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-06-13 21:00:25 271