Institut o’qituvchilari Ispaniyaga malaka oshirish uchun yuborildi

Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Ispaniya  oliygohlari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.

Shu munosabatda, Samarqand davlat chet tillar instituti “Ispan va italyan tillari” kafedrasining besh nafar ispan tili o'qituvchisi Ispaniyaning Kastilya La Mancha Universitetining Toledo shahridagi kampusida "Ispan tili va madaniyati" nomli malaka oshirish kursiga yuborilmoqda.

Ushbu malaka oshirish kursida o'qituvchilar  ispan tilini xorijiy til sifatida o'qitish metodikasini o'rganish,  ispan madaniyati va tarixi bilan tanishish bilan bir qatorda til kursi va bir nechta rejalashtirilgan seminar-treninglarda ishtirok etishadi. Shuningdek, institutimiz talabalari uchun kerakli bo'lgan zamonaviy adabiyotlar va o'quv qo'llanmalardan olib kelish vazifasi yuklatildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-06-29 21:01:21 250