Aytish lozimki, bugungi kunga kelib odam savdosining avj olishi, ya'ni insonni qandaydir bir buyum sifatida, ta'bir joiz bo'lsa insonni oldi-sotdining ob'ekti sifatida foydalanilishi, ularning huquq va erkinliklarining poymol etilish holatlari kuzatilmoqda.
Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti va Mudofaa Vazirligi Qo’shinlari 526-SCHR batalioni bilan hamkorlikda “Milliy armiyamiz yoshlar nigohida” shiori ostida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida davra suhbati o’tkazildi.
Jarayon doirasida yurtimizda odam savdosiga qarshi kurashish borasida qilinayotgan ishlar to’g’risida gapirib o’tildi. Jumladan, odam savdosini amalga oshiruvchi jinoyatchi shaxslar o'zlarining tanishlari, yaqin qarindoshlariga nisbatan, ya'ni ularning ishonchiga kirib olib, ularning odam savdosining qurboniga aylanib qolishiga sababchi bo'layotganligi ham ta’kidlandi.
Davra suhbatidan so’ng Ingliz tili-I fakulteti zakovat klubi jamoasi hamda 526-SCHR batalioni askarlari jamoasi bilan o'rtoqlik zakovat o'yini bo’lib o’tdi. Jarayon so’ngida qatnashchilar faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
