Bugun, 6-yanvar kuni institut prorektori Fazliddin Ro’ziqulov fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda professor-o’qituvchilar ishtirokida yig’ilish o’tkazdi. Unda institut bitiruvchilarning xorijiy tilni bilish darajasi boʼyicha xalqaro tan olingan sertifikat olishlarini taʼminlashga qaratilgan oʼquv kurslarining dasturlarni ishlab chiqish, yuqori malakali va xorijiy til bilish sertifikatiga ega boʼlgan professor-oʼqituvchilar tarkibini shaklantirish, ular orasidan bitiruvchilarni til bilish sertifikatini olishga tayyorlovchi trenerlarni ajratib olish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, bitiruvchi kurs talabalari uchun xorijiy tillarni oʼrganish boʼyicha qoʼshimcha adabiyotlarni tavsiya etish, adabiyotlarning elektron bazasini yaratish va undan foydalanishni yoʼlga qoʼyish, jumladan, 2022-2023 o‘quv yili bahorgi semestri davomida xorijiy tillarni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha ixtisoslashgan o‘quv kurslarini tashkil etish kabilar belgilab olindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-01-06 18:14:13 206