
Sherzod Do‘smonov,
Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti tyutori.
Asrimizning global muammolari qatoriga yangidan yangi turlari bilan tilga olinayotgan kiberjinoyatchilik kirib kelganiga ham ancha bo‘ldi. Uning bizga ma'lum bo‘lgan virusli dasturlarni tarqatish, parollarni buzib kirish, kredit karta va boshqa bank rekvizitlaridagi mablag‘larni o‘zlashtirish, talon-toroj qilish bilan bashariyat hayotiga katta xavf solayotgani hammamizga ma’lum.


Mana shunday holatlarning oldini olish borasida joylarda, xususan, Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida ham amaliy ishlar qilinib kelinmoqda.
Fakultet tyutorlari Sh.Do‘smonov va M.Ilyasovalar tashabbusi bilan talabalar ishtirokida navbatdagi tashkil etilgan tadbirda InfinBank Samarqand viloyat filiali plastik kartalar bilan ishlash bo‘limi mutaxassislari T.Safarov va Sh.Xadjayevalar mehmon sifatida qatnashishdi.


Unda kiberjinoyat nima ekanligi, bank karta kodini begona kishiga bermaslik, turli mukofot yoki aksiyalar haqidagi xabarlarga ishonmaslik, axborot tizimlarini himoyalashda ko‘p faktorli autentifikatsiyadan foydalanish hamda axborot xavfsizligi kabilar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
