Samarqandda YeTTB Boshqaruv kengashining 32-yig‘ilishida tarjimon volontyorlarimiz munosib xizmat ko‘rsatishmoqda

Xabaringiz bor, 16-18 may kunlari O‘zbekistonda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining “Muvofiqlikka sarmoya kiritish” mavzusidagi 32-yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Biznes-forum kun tartibidan “O‘zbekistonning investitsion istiqbollari to‘g‘risida”gi sessiya ham o‘rin olgan. Unda mamlakat iqtisodiyotining o‘sish istiqbollari va sarmoya kiritish imkoniyatlari muhokama qilinadi.

Shuningdek, tadbirning uch kunlik kun tartibidan turli mavzularda ekspertlar ishtirokida bir qator muhokama panel sessiyalari ham joy olgan. Sessiyalar mintaqalar va alohida mamlakatlarga qaratilgan.

Ta’kidlash joiz, mazkur anjumanga tarjimon volontyor sifatida umumiy 498 nafar  volontyor jalb qilingan bo’lib, shundan 248 nafari Samarqand davlat chet tillar institutidan saralab olingan. Ushbu tarjimon volontyorlar unjuman doirasida faol ishtirok etishmoqda.

SamDCHTI Axborot xizmati

 

 

 

Share:
2023-05-17 21:02:00 270