Samarqand davlat chet tillar instituti Fransiyaning nufuzli Serji-Pontuaz universiteti bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi
Joriy yilning 12 yanvar kuni institutga Fransiyaning Serji-Pontuaz universiteti hamda Versal Akademiyasining Ta’lim va Pedagogika Oliy maktabi vakillaridan iborat rasmiy delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Samarqand davlat chet tillar instituti bilan Fransiyaning Serji-Pontuaz universiteti hamda Versal Akademiyasining Ta’lim va Pedagogika Oliy maktabi oʻrtasida uch tomonlama Hamkorlik Shartnomasi imzolandi.
Imzolangan Shartnomaga asosan Serji-Pontuaz Universiteti va Samarqand davlat chet tillar instituti ta’lim, ilmiy-tadqiqot, o’quv dasturlarini ishlab chiqish, mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohalarida yaqindan hamkorlik qilishadi.
Shartnomada kelishilgan 2 yil mobaynida: hamkorlikda o’quv-uslubiy hamda metodik tavsiyalar ishlab chiqish, badiiy adabiyotlarni tarjima qilish, ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish, boshlang’ich va o’rta ta’limda faoliyat yurituvchi fransuz tili o’qituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirish, oliy ta’limda faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilardan 8 nafari hamda kutubxonachilar, rahbar-xodimlardan 4 nafari, talaba va magistrantlardan 16 nafari, doktorantlardan 4 nafar fransiyada malaka oshirish kursida ishtirok etishi rejalashtirildi.
Fransiyalik mutaxassislar ikki kunlik tashrifi davomida institut faoliyati, o’quv jarayoni bilan yaqindan tanishishdi, talabalar va professor-o’qituvchilar bilan davra suhbati tashkil etildi va ular ishtiorokida “Fransuz tili o’qitish metodikasi”, “Fransuz adabiyotini o’qitish metodikasi” kabi mavzularda seminar-treninglar tashkil etildi.
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain




