Bugun, 18-avgust kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga o’qishga kirish istagini bildirgan xorijlik abituriyentlar uchun suhbat tashkil etildi. Suhbat institut rahbariyati tomonidan belgilangan komissiya tomonidan o’tkazildi.

Hozirda Samarqand davlat chet tillar institutiga xorijdan hujjat topshirgan abituriyentlar jami 7 nafar bo’lib, ularning 2 nafari magistratura mutaxassisliklariga, 5 nafari bakalavr ta’lim yo’nalishlariga o’qishga kirish istagini bildirishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-08-18 19:49:36 142