Xorijga safar

Samarqand davlat chet tillar institutining Koreys filologiyasi kafedrasi o'qituvchilari Umida Elmuratova  hamda Sharofat Eshimovalar Tukiya Respublikasi  Kaysere shahrida bo'lib o'tadigan koreys tili o'qituvchilarining 4-xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun jo'nab ketishdi.

Xizmat safari oldidan institut rektori v.v.b. Fazliddin Ro'ziqulov o'qituvchilar bilan uchrashuv o'tkazdi va  konferensiya jarayonida ishtirok etish holati, undagi ilmiy yangiliklarni institutda o'quv jarayoniga tadbiq etish, shuningdek, safar davomida amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar belgilab olindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-04-23 11:07:30 188