Rektor talabalar bilan qisqa muloqot o'tkazdi

Bugun, 10-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov institutning Sharq tillari fakulteti bitiruvchilari bilan qisqa muloqot o’tkazdi. Unda talabalarning takliflari hamda fikr-mulohazalari tinglandi.

Shuningdek, institut rektori talabalarning bildirgan takliflariga binoan munosabat bildirib, xalqaro tanlovlarda ishtirok etish va nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo’lish borasida ko’rsatmalar berdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-06-10 19:40:39 104