SamDChTIda “Yapon tili notiqlik san’ati” nomli tanlov o‘tkazildi

2019-yil 11-fevral kuni Samarqand davlat chet tillar instituti faollar zalida Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti tashabbusi bilan “Yapon tili notiqlik san’ati” mavzusi ostida tanlov o‘tkazildi. Tanlovni kirish so‘zi bilan institut rektori I.Tuxtasinov ochib berdi.

Tanlovda ishtirok etganlardan Jica tashkiloti mutaxassislari Kamedate Bunsey va Saki Suzuki, Toshkent shahridagi Nogaya universiteti tadqiqot markazi mutaxassisi Ehara Namiko, fakultet dekani B.Odilov, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, institut yoshlar yetakchisi E.Raxmatov hamda institut talabalari ishtirok etishdi. “Yapon tili notiqlik san’ati” nomli tanlovda Tarjima nazariyasi va amaloyti yapon tili yo‘nalishidan 8 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida yapon tili yo‘nalishi talabalari tomonidan yaponcha milliy raqslar, yaponcha qo‘shiqlar, badiiy chiqishlar ijro etildi.

“Yapon tili notiqlik san’ati” Samarqand davlat chet tillar institutida 21-marotaba o‘tkazilmoqda.

Share:
2019-02-12 09:10:00 93