O‘zbekiston – Fransiya ko‘prigi” mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tmoqda

Ayni kunlarda Parij shahrida “Ilm-fan va ta’lim: O‘zbekiston – Fransiya ko‘prigi” mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tmoqda. Tadbirda O‘zbekiston va Fransiyaning 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, shuningdek, ilm-fan va ta’lim sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirok etishmoda.

Xalqaro konferensiya doirasida Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Fransiyaning Fransuz tilini o'qitish innovatsion metodik markazi o'rtasida hamkorlikda faoliyat olib borish va o’zaro tajriba almashish, ta’lim sifatini yanada rivojlantirishda innovatsion loyihalarini amalga oshirish yuzasidan hamkorlik Shartnomasi imzolandi.

© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2025-03-11 11:14:53 191