Yurtimiz uzra Navro‘z shodiyonalari kezmoqda. Samarqand viloyatining asosiy bayram tadbiri Alisher Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tdi. Bayram tantanalarida Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan ko‘klam taomlari – sumalak, ko‘ksomsa, halim, milliy taomlardan palov tayyorlanib, bayram dasturxoniga tortildi. Talabalar tomonidan umrboqiy urf-odat va an’analarimiz, xalq o‘yinlari namoyish etilib, milliy kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etildi.


.jpg)

.jpg)




© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
