Institutda professor-o’qituvchilar o’rtasida an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan “Eng yaxshi professor-o‘qituvchi” nominatsiyasi tanlovining natijalari ma’lum qilindi. Mazkur nominatsiya uzoq yillar institutda samarali mehnat qilib kelayotgan professor-o‘qituvchilarni munosib rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan. Mazkur tanlov natijalariga ko‘ra institut Ingliz tilining integrallashgan kursi kafedrasi katta o’qituvchisi Dehkanova Dilnoza Toshpulatovna “Eng yaxshi professor-o‘qituvchi” nominatsiyasi tanlovi g’olibi deb topildi.

Shu munosabat bilan institut jamoasi Dehkanova Dilnoza Toshpulatovnani ushbu yutuq bilan samimiy qutlaydi.

 

Share:
2019-02-14 12:30:00 90