Qozog‘iston Respublikasi E.Buketov nomidagi Karaganda universiteti bilan hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda

Amaldagi hamkorlik shartnomasi asosida Samarqand davlat chet tillar institutining o‘n uch nafar professor-o‘qituvchilari joriy yilning 23-apreli kunidan 4-may kuniga qadar Qozog‘iston Respublikasining Karaganda shahrida joylashgan E. Buketov nomidagi Karaganda universitetiga xizmat safariga jo‘nab ketishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori B.Xoliqov ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda Qozog‘istonga ketayotgan professor-o‘qituvchilarning xizmat safari rejasi, unda belgilangan vazifalar, jumladan,  malaka oshirish, ilmiy stajirovka o‘tash hamda ma’ruza va seminarlar tashkil etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi, tegishli tartibda tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2025-04-25 19:46:57 92