Xitoyning Veynan pedagogika universiteti va SamDCHTI o‘rtasida imzolangan Memorandum hamda hamkorlikda ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” asosida 2025-yilning 9-aprelidan 7-mayiga qadar institutda universitet dotsenti Wang Xiaoxu xonim faoliyat olib bordi.
Institut rektori B.Xoliqov oliygohdagi faoliyatini yakunlab, Xitoyga qaytayotgan mutaxassisga institut jamoasi nomidan minnatdorchilik bildirdi.
Yuqorida ta’kidlangan hamkorlikka ko‘ra institutning “Rus tili va adabiyoti” kafedrasining 2 nafar o‘qituvchisi P.Ahmedova hamda D.Ergashevalar joriy yilning 7-iyunidan 4-iyuliga qadar Veynan pedagogika universitetiga malaka oshirish kursiga yo‘l oladigan bo‘lishdi.
Xorij safari oldidan institut rektori o‘qituvchilar bilan suhbatlashib, safar davomida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan taklif va tavsiyalar berdi. Xorijdagi malaka oshirish kursida olingan tajribalarni institut o‘quv jarayonida tatbiq etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
