Samarqand davlat chet tillar institutida tahsil olayotgan talaba-yoshlarni dunyoning rivojlangan oliy o‘quv yurtlari ta’lim tizimi tajribasi bilan yaqindan tanishtirish, ularni zamon talablari asosida ta’lim olishlarini tashkil etish maqsadida institut taklifiga asosan Portugaliyaning Porto Universiteti professori Nicolas Robert Hurst institutga tashrif buyurdi.
Nicolas Robert Hurst ishtirokida 15-20 aprel kunlari davomida institut Ingliz tili-II fakultetida talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun seminar-treninglar, amaliy mashg‘ulotlar va mahorat darslari tashkil etilmoqda.
Xorijlik mutaxassis ishtirokidagi mahorat darslari hamda o‘quv mashg‘ulotlari juda qiziqarli tarzda, innovatsion-pedagogik metodlardan foydalangan holda davom etmoqda.
Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi A.Abduraimov
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain




