Vazir o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov tashrifi

Joriy yilning 6-iyunida Samarqand davlat chet tillar institutiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari S.M.Buzrukxonov tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Prezidentimizning 5 muhim tashabbusi yuzasidan SamDChTIda tashkil etilgan loyihalar, qabul komissiyasi, xususan, maslahatlar markazi, call-sentr, ro‘yxatdan o‘tish xonalari, abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun yaratilgan imkoniyatlar, shuningdak, Samarqand davlat chet tillar institutida tahsil oladigan talabalarga yaratilgan imkoniyatlar va TTJ sharoitlari bilan batafsil tanishib o‘tdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati

Share:
2019-07-07 16:40:00 88