2019-yil dekabr oyida Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi munosabati bilan yurtimizga xorijlik mehmonlarning tashrifi kutilmoqda. Jarayonda ishtirok etish va xorijlik mehmonlarga kuzatuvchi sifatida jalb qilinadigan Samarqand davlat chet tillar institutining tarjimon-volontyorlari hamda tadbirga mas'ul ishchi guruh a’zolari o‘rtasida 2019-yil 12-sentabr kuni institut faollar zalida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ishchi guruh a’zolari tomonidan tarjimon-volotyorlarga kerakli topshiriq va ko‘rsatmalar to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tishdi. Shuningdek, uchrashuvdan so‘ng Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat ko‘rsatayotgan malakali professor-o‘qituvchilar hamda talabalar safidan saralab olingan har bir tarjimon-volontyorlar bilan suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida tarjimonlarning til bilish darajasi va ularning xalqaro hamda respublika miqiyosidagi tadbirlardagi ishtiroki to‘g‘risida savol-javoblar o‘tkazildi.

SamDCHTI axborot xizmati A.Abduraimov

Share:
2019-09-13 06:50:00 97