Roman-german tillari fakultetida “Ona tilim – mening g‘ururim” mavzusida tadbir o‘tkazildi

1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili haqida”gi O‘zbеkiston Rеspublikasi Qonuni, 1993-yil 2-sеntabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbеk alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinganligiga bu yil 30 yil to‘ldi. O‘tgan shu davrda ona tilimizning yanada sayqallanishi, badiiyligi, tarixiyligi va dunyo miqyosida ahamiyati hamda nufuzini oshirishga qaratilgan qator madaniy, ma’naviy-ma’rifiy izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Pirovard natijada, bugungi kunda jahondagi ko‘plab mamlakatlar xalqlari davlatimiz ramzlari — O‘zbеkiston Rеspublikasi bayrog‘i, gеrbi, davlat madhiyasi qatorida o‘zbеk tiliga ham hurmat bilan qarab, nafis va boy til sifatida yuksak baho bеrib kеlmoqdalar.

Roman-german tillari fakultetida “Ona tilim – mening g‘ururim” shiori ostida tantanali katta tadbir nishonlandi. Tadbirni fakultet dekani B.Y.Primov ochib berdi va barchani til bayrami munosabati bilan chin dildan muborakbod etdi. Shuningdek, tadbir davomida ona tilimizga atalgan she’r hamda kuy-qo‘shiqlar, ko‘ngilochar raqslar,  sahna ko‘rinishlari, quvnoq va zukko talabalarning chiqishlari institut talabalari tomonidan ijro etildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2019-10-25 19:25:00 103