Samarqand davlat chet tillar institutida joriy yilning 16-dekabr kunida O‘zbeksiton Xalq demokratik partiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi deputatligiga nomzod etib ko‘rsatilgan Z.P.Raxmanova institut talabalari hamda professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida XDP vakili Z.P.Raxmanova partiyanig saylovoldi dasturlari bilan jamoani tanishtirib o‘tdi. Jumladan, yurtimizning rivojlanishida ayollarning ham munosib hissasi qo‘shilishi lozimligini ta’kidladi.
Respublikamizni rivojlantirish maqsadida tuzilgan XDPning dasturlari to‘g‘risida Z.P.Raxmanova quyidagilar tog‘risida gapirib o‘tdi:
- Samarqand viloyatining Nurobod tuminda gilam to‘qish hunarmandchiligini yanada kengaytirish, rivojlantirish va shu bilan birga xalqning ishsiz qatlamini bandlik, ish bilan ta’minlash;
- “Xalq manfaatlari barcha narsalardan ustun” shiori ostida demokratik tamoillarga asoslangan davlat qurish;
- Ta’lim sohasini xorijiy davlatlarniki qatoriga ko‘tarishda munosib hissa qo‘shish;
- Xalqning manfaatlarini himoya qiladigan qonun loyihalarini ishlab chiqish;
- Talabalar stipendiyasini tabaqasiz emas, balki yetarli darajada etib belgilashni loyihalashtirish;
- Nogironlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga yordam berish;
- Imtiyozli ta’lim kreditlarini kengroq darajada joriy qilish kabilar suhbat doirasidan o'rin oldi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain









