Joriy yilning 26-dekabr kunida Samarqand davlat chet tillar institutida rektor professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ucharshuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi.
- O‘zR Prezidenti Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Hay’at yig‘ilishi qarorlari va buyruqlari, institut Kengashi qarorlarining bajarilishi;
- O‘zR Prezidentining O‘zR Konstitutsiyasining 27 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishidan kelib chiqib institut jamoasi oldida turgan vazifalar tog‘risida;
- Institutda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat Dasturi asosidagi rejalarning bajarilishi haqida;
- 2019-2020 o‘quv yili uchun talabalar qabuli yakuni to‘g‘risida;
- Institut doktorantlari va mustaqil izlanuvchilarining attestatsiyasi yakuni to‘g‘risida;
- 2019-2020 o‘quv yili Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari, bitiruv malakaviy ish va magistrlik dissertatsiyasi o‘tkazishga tayyorgarlik kabilar
Shu qatorda bir nechta ilmiy unvon hamda ilmiy daraja olgan professor-o‘qituvchilar ham taqdirlanishdi. Jumladan, D.Begmatova “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar nazariyasi” ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olganligi munosabati bilan, F.Xalimova “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olganligi uchun, A.Tkachyova “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi dotsentlik ilmiy unvonini olganligi uchun kompyuter hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Shuningdek, “Islom Karimov” hamda “Navoiy” nomidagi nomdor davlat stipendiyasi sohibalari S.Ibragimova va M.Absamadovalar ham O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining guvohnomasi bilan taqdirlanishdi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain












