Xorijdan Samarqand davlat chet tillar institutiga taklif etilgan farnsuz tili mutaxassisi Messainguiral Genevieve xonim Roman-german tillari fakultetida 6 oy davomida talabalarga fransuz tilidan dars berib, o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli tamomladi. Messainguiral Genevieve xonimga o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli olib borgani uchun institut hamda fakultet rahbariyati o‘z minnatdorchiligini izhor etishdi.

Jumladan, jarayon doirasida Messainguiral Genevieve xonimning 1 semestr davomida qilgan fidokorona mehnati e'tirof etildi va qimmatbaho esdalik sovg‘alar hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. "Men Samarqand davlat chet tillar institutining professor-o'qituvchilari hamda talabalari bilan shuncha vaqt davomida ishlaganim hamda o'zbek xalqining bag'rikeng va mehmondo'st ekanligidan bag'oyatda mamnunman", – deydi hayajonlarini yashira olmagan Messainguiral Genevieve xonim.

Endilikda  institutda fransuz tili mutaxassisligida faoliyat olib borish uchun yana bir xorijlik mutaxassis taklif etilishi kutilmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2020-01-31 21:40:00 100