Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.M.Tuxtasinov joriy yilning 24-fevralida fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari hamda guruh sardorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida talabalarga institutdagi o‘quv jarayonlari va uning davom ettirilish tartibi, fanlarni o‘zlashtirish yuzasidan tavsiyalar, talabalarning dars mashg‘ulotlarida muntazam ravishda ishtirok etishi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etishning ahamiyati va foydali jihatlari, nomdor davlat stipendiyalariga ega bo‘lish tartibi, har yili bo‘lib o‘tadigan fan olimpiyadalarida talabalarning faol tarzda ishtirok etishlari to‘g‘risida batafsil gapirib o‘tdi institut rektori I.M.Tuxtasinov.
Bundan tashqari hozirgi vaqtda ba’zi yoshlarning ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan turli xildagi oqimlarning mavjudligi hamda bunday oqimlar iskanjasiga tushib qolganlarning holi ne kechishi, salbiy natijalarga olib kelishi to‘g‘risida so‘zlab, o‘zimizning ma’naviyatimizni, ma’rifatimizni, ongimizni yuksaltirishimiz zarurligi, jumladan, korrupsiya mavzusida ham to‘xtalib, korrupsiya dunyo miqiyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biri ekanligi, ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazishi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kelishi, shuningdek, oliy ta’lim muassalarini bitirib, kasbiy faoliyat boshlash ostonasida turgan yoshlarga korrupsiyaning nechog‘li xavfli illat ekani haqida batafsil ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuv davomida rahbariyat vakillari tomonidan Prezidentimizning Oliy majlisga qilgan Murojaatnomasi mazmum-mohiyatini talabalarga yana bir bor yetkazish bilan bir qatorda 2020-yildan boshlab Samarqand davlat chet tillar institutida qo‘llanila boshlagan o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimi to‘g‘risida ham batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi. Ushbu mavzular yuzasidan talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga institut mutasaddi xodimlaridan atroflicha ma’lumotlar olishdi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain













