O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova 1915-yil 1-martda Toshkentning O‘qchi mahallasida degrez oilasida tug‘ilgan. U xotin-qizlar bilim yurtida o‘qib yurgan vaqtlaridayoq adabiy togaraklarga qatnashib, she’rlar mashq qiladi. Zulfiyaning “Men ish qizi” nomli birinchi she’ri 1931-yil 17-iyulda “Ishchi” gazetasida bosilib chiqdi.

2020-yilning 28-fevral kunida Samarqand davlat chet tillar institutida Roman-german tillari fakulteti tashabbusida “Bahor keldi seni so‘roqlab” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni institut rektori I.Tuxtasinov ochib berdi va tashkilotchilar hamda tabdir ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.

Zulfiya hamda Hamid Olimjonning yoshlik davrini aks ettirgan sahna ko‘rinishlari, ular haqidagi ruscha-inglizcha ma’lumotlar va she’rlar, milliy raqs hamda qo‘shiqlar, jumladan, “O‘rik gullaganda”, “Eng gullagan yoshlik chog‘imda” nomli qo‘shiqlar  tadbir doirasida fakultet iqtidorli talabalari tomonidan ijro etildi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2020-02-28 19:19:37 105