O‘zR Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi “Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘grisida” gi PQ-3151-sonli, 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida pedagogika ta’lim sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari talabalarning malakaviy pedagogik amaliyotlarini doimiy yashash hududlarida o‘tashlari tashkil etilmoqda.

Malakaviy amaliyot o‘quv jarayonidan uzilmagan holda tashkil etilayotganligi sababli xaftaning dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba kunlari institutda o‘quv mashg‘ulotlari davom etadi. Juma va shanba kunlari institut talabalari o‘zlariga biriktirilgan ta’lim muassasalarida amaliyot o‘taydilar. Amaliyot jarayoni 2020-yilning 2-martidan 30-martiga qadar Samarqand shahri hamda tumanlaridagi maktablarda otalishi rejalashtirilgan.

Ingliz tili-II fakulteti  rahbariyati vakillari mazkur tashkiliy ishlar yuzasidan amaliyot o‘tashga chiqayotgan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi va ularga belgilangan maktablar, vazifalar hamda ko‘rsatmalarni bildirib o‘tishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2020-03-03 12:20:00 104