Erta bahor gulagan binafsha misol,
Ko‘nglingiz doim beg‘ubor bo‘lsin.
Yangi ochilgan gul "Lola" misol,
Lablarda doim tabassum bo‘lsin.
Dildan ezgu tilaklar sizgadir tanxo,
8-mart ayyom muborak bo‘lsin…
Yurtimiz bo‘ylab har yili keng miqiyosida nishonlanadigan bayramlardan biri bu 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramidir. Ushbu bayram munosabati bilan Samarqand davlat chet tillar instituti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida tizimida fidoiylik bilan mehnat qilayotgan barcha ayollar uchun bayram dasturi tashkil etildi. Fakultet dekani B.Odilov bayram dasturini ochib berdi va bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarga berilayotgan hurmat, ehtirom va g‘amho‘rliklar to'g'risida gapirib, faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlarni ushbu bayram bilan chin yurakdan qutladi.
Bayram davomida institutning “Tarjimon” QVZ jamoasi tomonidan qiziqarli hazillar, sahna ko‘rinishlari, milliy raqslar hamda muhtarama xotin-qizlarga bag‘ishlangan she’rlar ijro etildi. Jumladan, fakultet xotin-qizlariga fakultet rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alar tuhfa etildi.
Bayram dasturini tashkil etishda tashabbus ko‘rsatgan va faol ishtirok etgan ishtirokchilar maxsus diplom hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain





