2020-yil 8-may kunida Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakultetida  “Magistr va talabalarning an’anaviy  XXVI ilmiy - amaliy konferensiyasi” ZOOM dasturi orqali onlayn tarzda bo’lib o’tdi. 

Konferensiyada institut ilmiy ishlar va innovatsiya bo’yicha prorektor SH.Ashurov, RGT fakultet dekani B.Primov, ilmiy tadqiqot va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig’i B.Turobov, RGT fakulteti dekan o’rinbosari U.Burxonov, shuningdek, fakultet pedagog-o’qituvchilari hamda fakultetning barcha ta’lim yo’nalishlari va magistrlik mutaxassisliklari bo’yicha talabalari ishtirok etishdi. 

Onlayn konferensiyani ilmiy ishlar va innovatsiya bo’yicha prorektor SH.Ashurov va RGT fakultet dekani B.Primov ochib berdi. Shundan so’ng magistrlar va talabalar o’z maqolalarini ma’ruza qilishdi. Onlayn konferensiyada ishtirok etgan barcha magistrlar va talabalar sertifikat bilan taqdirlanadilar.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

___________
SamDCHTI axborot xizmati

Share:
2020-05-08 19:05:00 104