2020-yilning 22-may kuni Malayziyaning City University of Malaysianing xalqaro hamkorlik masalalari boʼyicha mas'ul dotsent Dr.Gamal S.A.Khalifa, Xalqaro marketing boʼlimi boshqaruvchisi Sara O.Lashkariani, marketing boʼlimi vakili Yaxshiboyev Аzamat hamda Samarqand davlat chet tillar instituti oʼquv ishlari boʼyicha prorektori F.Ro'ziqulov, Xalqaro hamkorlik boʼlimi boshligʼi B.Berdaliyev, qoʼshma taʼlim dasturlari boʼlimi boshligʼi X.Muzropovlar ishtirokida onlayn video konferensiya boʼlib o'tdi. 

Onlayn konferensiya jarayonida Samaraqand davlat chet tillar institutida City University of Malaysianing jurnalistika va turizm menejmenti yoʼnalishlari boʼyicha fakultetlarini ochish hamda jurnalistika, turizm menejmenti va maktabgacha taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha qoʼshma taʼlim dasturlarini yoʼlga qoʼyish masalalari muhokama etildi.

Muhokamalar natijasida navbatdagi onlayn konferensiya 2020-yil 28-may kunida tashkil etilishi belgilandi va unda oʼzaro hamkorlik Memorandumi hamda Shartnomalar imzolashga kelishib olindi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

___________
SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2020-05-22 16:55:00 106