Joriy yilning 20-iyun kunidan Samarqand davlat chet tillar institutida qabul komissiyasi onlayn, masofadan ish boshladi. Abituriyentlar va ularning ota-onalari tomonidan beriladigan savollarga tez hamda aniq javob berish maqsadida Call-center, aloqalar bo’limi, shuningdek, maslahatlar markazi tashkil etilgan. Shu bilan birga bugun barcha korxona va tashkilotlar, muassasalar kirish qismida dezinfeksion tunnellar o‘rnatilib, xodimlar va ushbu binolarga keluvchilar xavfsizligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilgan bir sharoitda Samarqand davlat chet tillar institutida ham aholi salomatligini asrash maqsadida dezinfeksion tunnellar o‘rnatildi.

SamDCHTI Call-center aloqa raqamlari quyidagilar:

+99866 238 29 35

+99866 238 29 34

+99866 238 29 54

+99866 238 29 83

Abituriyentlar va ularning ota-onalariga shuni ham ta’kidlab o’tish joiz deb bildik, imkon qadar uydan chiqmasdan DTM tomonidan belgilangan sayt hamda mobil ilovalar orqali onlayn ro’yxatdan o’tishlaringizni tavsiya etamiz. Samarqand davlat chet tillar instituti to’g’risida har qanday ma’lumotga ega bo’lishni istasangiz, yuqorida ko’rsatilgan telefon raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin bo’ladi. Shu bilan birga www.samdchi.uz rasmiy web-saytimiz va @samdchtijamoasi telegram kanallari orqali to’liq ma’lumotlarni olishingiz mumkin.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2020-06-20 18:25:00 102