O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yillik bayrami munosabati bilan Samarqand davlat chet tillar institutida 2018 yil 18-19 avgust kunlari umumxalq hashari tashkil etilmoqda.

Umumxalq hashariga barcha professsor-o’qituvchilar va ishchi-xodimlar jalb etiladi. Hashar davomida institutga biriktirilgan Samarqand shahridagi Bo’stonsaroy ko’chasi hududi va uning atrofidagi ariq va zovurlar, shuningdek, institut hududi, shu jumladan, uning atrofidagi ariq-zovurlar, institut bosh binosining ichki va tashqari qismlari, talabalar turar joyi binosi atroflari, fakultetlar binolari atroflari maishiy va qurilish chiqindilaridan tozalanmoqda, daraxtlar atrofi tozalanib, tagi yumshatilmoqda va shakl berilib, oqlanmoqda. Institut hovlisi va uning atrofiga gullar ekilmoqda.

Share:
2018-08-19 14:50:00 86