Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar institutida 2020-yil 2-sentabrdan yangi 2020-2021-o’quv yili boshlandi.

Yangi o’quv yili karantin cheklovlari bekor qilingunga qadar avvalgi o’quv yillaridan farqli ravishda masofaviy shaklda tashkil etildi. Buning uchun institutning MOODLE masofaviy ta’lim platformasi (moodle.samdchti.uz) o’quv jarayonini o’qitishning masofaviy shaklida tashkil etish uchun tayyor holga keltirildi. Platformada fakultet va kafedralar kesimida ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari o’quv rejalaridagi barcha fanlardan Namunaviy onlayn kurslar komplekslari yaratilib, MOODLE masofaviy ta’lim platformasiga mavzular ketma-ketligida joylashtirildi. Bu tizimning afzalligi shundaki, har bir fan bo’yicha joylashtirilgan o’quv resurslarini o’zlashtirmasdan va berilgan topshiriqlarni bajarmasdan turib keying mavzuga o’tishning iloji bo’lmaydi. Bu talabaning o’z ustida ko’proq izlanishini talab etadi.

Shuningdek, fanlarning xususiyatidan kelib chiqib ma’ruza va amaliy mashg’ulotlari ZOOM dasturi orqali jonli muloqot tarzida olib borilmoqda.

2020-2021 o’quv yilida masofaviy ta’limni tubdan takomillashtirish bo’yicha institutda mavjud axborot-kommunikatsiya tizimlari (server stansiyalari sozligi va talabga javob berishi, internet aloqa tarmog’i tezligi, kompyuterlar bazasining yaroqliligi) to’liq inventarizatsiyadan o’tkazildi. Yaroqsiz deb topilgan server stansiyalari, internet aloqa tarmog’i va kompyuterlar xarid qilindi va yangilariga almashtirildi.

Bundan tashqari fanlarni masofadan o’qitish uchun videomateriallar, vebinarlar, prezentastiyalardan keng foydalanilmoqda. Shu maqsadda masofadan o’qitish uchun 100 ga yaqin videodarslar tayyorlanib, institut veb-saytiga joylashtirildi. Bu an’ana o’quv yili mobaynida davom ettiriladi va yetakchi professor-o’qituvchilar tomonidan videodarslar tayyorlanib, institut veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirib boriladi.

_________
SamDCHTI axborot xizmati

Share:
2020-09-02 11:35:00 101