Samarqand davlat chet tillar institutining 2020/2021 o'quv yili uchun bo'lib o'tgan kirish imtihon natijalari avvalgi yillardagi kabi katta qog'ozlarga chiqarilib, institutda oyna va e'lonlar doskalariga joylashtirilmaydi.
Hozirgi vaziyatni inobatga olgan holda imtihon natijalari Samarqand davlat chet tillar institutining rasmiy veb-sayti www.samdchti.uz hamda rasmiy telegram kanali @samdchtijamoasi sahifalarida yoritiladi.
Bunday tadbirlarni tashkil etishdan maqsad sizning va oila a'zolaringizning sog'ligini asrashdir. Ayni damda institut ma'muriyati institutda aholining ko'p bo'lib to'planmasligi va imtihon natijalarini abituriyentlarga yuqorida ko'rsatilgan rasmiy sahifalar orqali yetkazish borasida amaliy ishlar olib bormoqda.
___________
SamDCHTI axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain

