Joriy yilning 11-noyabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutida institut rektori I.Tuxtasinov, institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori F.Ro’ziqulov, SamDCHTI qoshidagi Konfutsiy instituti direktori Zang Ying (Xitoy Xalq Respublikasi) va boshqalar ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Konfutsiy institutida so’nggi 2 yil davomida bo’lgan o’zgarishlar, amalga oshiriligan hamkorlik natijalari, xitoy tilining tinglovchilari salmog’ining oshganligi kabilar to’g’risida suhbatlashildi. Shu jumladan, SamDCHTI qoshidagi Konfutsiy instituti direktori Zang Yingning faoliyati samarali yakunlanganligi ham aytib o’tildi. Zang Ying 2 yillik shijoatli mehnatini yakunladi, u endilikda Xitoy Xalq Respublikasiga qaytadi. Zang Yingning vazifasini vaqtincha xitoy tili o’qituvchisi Li Chenxu davom ettiradi.
Shuni ham alohida ta’kidlab o’tish ahamiyatliki, Zang Ying ishtirokida 2020/2021 o’quv yilida bakalavriat yo'nalishi bo'yicha Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay xorijiy tillar universiteti bilan hamkorlikda Samarqand davlat chet tillar institutida filologiya va tillarni o’qitish (xitoy tili) qo’shma ta’lim dasturi tashkil etildi.
Institut rahbariyati vakillari Zang Yingga qilgan mehnatlari uchun o’zlarining cheksiz minnatdorchiliklarini bildirishdi hamda kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilashdi. Shuningdek, qimmatbaho savg’a-salomlar bilan kuzatishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain







