Xabaringiz bor, bugun 16-noyabr respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarida an’anaviy o‘quv jarayonlari boshlandi. Ko‘pchilik tomonidan uzoq kutilgan ushbu kunda oliy ta’lim muassasalari talabalar uchun qaytadan o‘z bag‘rini ochdi.

Boshqa OTMlarda bo‘lgani kabi Samarqand davlat chet tillar institutida ham an’anaviy darslar ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi. Dars mashg‘ulotlarini olib borishda karantin qoidalariga to‘liq rioya qilinib, har bir binoning kirish qismida muntazam harorat o‘lchanib, antiseptik vositalardan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. O‘quv jarayonlarida talabalarninng ijtimoiy masofaga amal qilishlari qattiq nazoratga olingan.

Institut maʼmuriyati tomonidan anʼanaviy shaklda darslarni boshlash uchun barcha tayyorgarlik ishlari boshlangan. Oʼquv va maishiy binolar hamda xonalarda dezinfeksiya qilish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Oʼquv binolarini pirometr, dozator va antiseptik vositalar bilan taʼminlash choralari koʼrilmoqda. 

Shu oʼrinda, Siz aziz talabalar va ota-onalardan quyidagilarga alohida eʼtibor qaratishingizni soʼraymiz:
 
— institut hududiga tibbiy niqobsiz kiritilmaydi;
 
— tana harorati 37°C darajadan ortiq boʼlgan talabalar oʼquv binolariga kiritilmaydi;
 
— talabalar oʼzlari bilan qoʼlni tozalovchi antiseptik vositalarni olib yurishlari tavsiya etiladi;
 
— qoʼl berib, quchoqlashib, oʼpishib koʼrishish qatʼiyan taqiqlanadi;
 
— oʼzaro muloqotda oraliq masofani saqlash talab etiladi.
 
Unutmang, oʼzingizni asrash orqali yaqinlaringiz salomatligini ham asraysiz!

 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

© Samarqand davlat chet tillar instituti axborot xizmati

Share:
2020-11-16 16:30:00 107