Xabar berilganidek, joriy yilda Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi Narpay xizmat ko’rsatish texnikumi tashkil etildi.

Bugun Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi Narpay xizmat ko’rsatish texnikumida kirish imtihoni bo‘lib o‘tdi. Samarqand davlat chet tillar instituti rektori shaxsan o’zi borib, imtihon jarayonlarining boshlanishini ochib berdi va barcha abituriyentlarga omad hamda muvaffaqiyat tiladi.

Ma’lumot uchun: Texnikumda ta’lim berish 2 yildan kam bo‘lmagan muddatda kunduzgi ta’lim shaklida davlat buyurtmasi hamda to‘lov kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Texnikumni tugatgan kunduzgi ta’lim dasturlari bitiruvchilari o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’limning 2-bosqichidan suhbat asosida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini davom ettirishlari mumkin.

2020/2021 o’quv yili uchun Narpay xizmat ko’rsatish texnikumiga jami bo’lib 224 nafar abituriyent onlayn tarzda hujjat topshirdi. Shundan “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishiga 61 nafar, “Tashishni tashkil etish va transportni boshqarish (turlari bo’yicha)” ta’lim yo’nalishiga 37 nafar, “Kompyuter injiniring” yo’nalishiga 64 nafar, “Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo’yicha)” yo’nalishiga 20 nafar, “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va servis texnik-texnologi” yo’nalishiga 19 nafar, “Avtomobil transportiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’minlash” ta’lim yo’nalishiga esa 23 nafar abituriyentlar hujjatlarini onlayn ro’yxatdan o’tkazishgan.

Narpay xizmat ko’rsatish nexnikumida to‘lov-kontrakt asosida o’qishga qabul qilinadigan abituriyentlar kontrakt to’lovlari miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining o’rtacha 6 barobari etib belgilangan.

Eslatib o’tamiz:

Oʼzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilish boʼyicha Davlat komissiyasi majlisining 7-son bayoni qaroriga muvofiq 2020-yil 20-noyabrdan 30-noyabrga (30 noyabr kuni ham) qadar kollej va texnikumlarga saralash imtihonlari oʼtkaziladi.

2020/2021 oʼquv yili uchun saralash imtihonlari kollej va texnikumlarning 178 tasida test sinovlari, 176 tasida esa yozma imtihon shaklida oʼtkaziladi. Sport sohasidagi kollej va texnikumlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʼtkaziladi.

Test sinovlari mutaxassisliklarga mos 2 ta fandan o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o‘tkazilmoqda. Test topshiriqlari soni har bir fan bo‘yicha 30 tadan, jami 60 tani tashkil etadi.

Bunda, ballar quyidagicha belgilanadi:

1-fan – 30 ta savol. Har biri uchun 3.2 balldan. Maksimal ball – 96 ball.

2-fan – 30 ta savol. Har biri uchun 3.1 balldan. Maksimal ball – 93 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball.

Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat vaqt ajratiladi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2020-11-27 20:30:00 100