Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. Konstitutsiya barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi. 
 
Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-I fakultetida “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” shiori ostida tantanali tadbir tashkil etildi. Unda fakultet rahbariyati, "Ingliz tili tarixi va grammatikasi" kafedrasi o’qituvchilari, birinchi bosqich talabalari va qiziquvchilar ishtirok etishdi. 
 
Jarayon yurtimiz madhiyasini kuylash bilan boshlandi va fakultet dekani A.Ismoilov kirish so'zi bilan tadbirni ochib berdi.
 
Shuningdek, jarayon doirasida iqtidorli talabalar ijrosida Konstitutsiya hamda Vatanga bag'ishlab she'r va ajoyib qo‘shiqlar kuylandi. 
 
Albatta, bunday sa'y-harakatlar O‘zbekiston yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilibgina qolmay, ma'lum bir ma'noda ularning bilimlarini oshirib, fikrlash doirasiga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Tadbir so‘nggida esa o'z qobiliyati bilan faol ishtirok etgan talabalar munosib taqdirlanishdi.
 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati
Share:
2020-12-06 18:50:00 107