SamDChTI TSNQ boʼlimi xodimlari 2020-yil 4-dekabr kuni Past Dargʼom tumanidagi Qarshiobod MFYdagi Usmonobod qishlogʼida joylashgan 127-sonli umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurishib, maktab maʼmuriyati va pedagoglari bilan maktabning yutuqlari va muammolari boʼyicha suhbatlashdi. 

Maktab binosi 2009-yilda qurilgan boʼlib, ayni paytda 281 nafar oʼquvchi taʼlim olishmoqda. Oʼquvchilar ushbu hududga yaqin boʼlgan Tozqulton, Qarshiobod, Navroʼz va Oshiqota qishloqlaridan kelib oʼqishadi. Mazkur maktab oʼz faoliyatini 2019-yildan boshlagan (2019 yilgacha kollej binosi boʼlgan). Hozirgi vaqtda oʼquvchilarga 21 nafar oliy, 2 nafar toʼliqsiz oliy va 5 nafar oʼrta maxsus maʼlumotga ega boʼlgan 28 nafar pedagog dars mashgʼulotlarini oʼtib kelishmoqda. 

Maktab 3 qavatdan iborat boʼlishiga qaramasdan, 24 ta sinfxonalarning barchasi issiqlik taʼminoti bilan taʼminlangan. Maktabning umumiy hududi 2.5 gektar boʼlib, bir sotix joy ham ekin ekilmasdan qolmagan, yaʼni barcha hududga ekinlar ekilgan, mevali daraxtlar oʼtqazilgan. Hududning obodonlashtirilishi kishining koʼzini quvontiradi. Oʼtgan oʼquv yilida maktab jamoasi oʼz hududiga 150 tup karlik yongʼoq koʼchatlarini ekishgan. Qator oralariga daraxtlarning tez rivojlanishi uchun sabzi, sholgʼom kabi poliz ekinlari ekishgan. 

"Joriy yil ushbu yongʼoqlarning koʼpchiligi 2-3 donadan meva hosil qildi", – deydi maktab direktori Muqaddas Tillayeva o'z nutqida. – "Yaqin 2-3 yildan soʼng ushbu yongʼoqlarning hosilidan keladigan foyda evaziga kelgusida maktab uchun qilinishi rejalashtirilgan ishlarning sarhisobini qilib chiqamiz".

Maktab АRM fondidan nafaqat maktab oʼqituvchi va oʼquvchilari, balki mahallada yashovchi fuqarolar ham foydalanib turishi kishini ruhlantiradi.

Maktab binosida 100 kishilik sigʼimga ega boʼlgan faollar zali mavjud. Maktabning oʼz tadbirlaridan tashqari, mahallaning ham baʼzi tadbirlari, uchrashuvlari ushbu faollar zalida olib boriladi. 

Suhbat yakunida maktab direktori va direktor oʼrinbosarlari bilan kelgusida qilinishi lozim boʼlgan masalalar toʼgʼrisida, hamkorlikda qilinishi kerak boʼlgan ishlar boʼyicha “Yoʼl xarita” qilinishi toʼgʼrisida kelishib olindi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI TSNQ bo'limi boshlig'i A.Shermatov

Share:
2020-12-11 23:25:00 102