2018 yil 5 sentyabr kuni soat 8:00da barcha ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi Samarqand davlat chet tillar institutida ham yangi o‘quv yili boshlandi. Institutda mavjud barcha fakulьtetlarda “Birinchi kursga bag‘ishlov” tadbiri o‘tkazildi.
Unda institut rektori I.Tuxtasinov, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari va 800 nafar 1 kurs talabalari ishtirok etishdi. Tadbirni institut rektori I.Tuxtasinov ochiq deb e’lon qildi va 1 kursga qabul qilingan talabalarni tabriklab, institut haqida, tartib-intizom, kiyinish, turli behayo kiyimlarda kelmaslik, “ommaviy madaniyatga qarshi” birgalikda kurashish to‘g‘risida fikrlar bildirishdi.
Yangi 2018-2019 o‘quv yiliga tayyorgarlikning barcha fakultetlar hamda akademik guruhlarda qay darajada ekanligi guruh murabbiylarini talabalar bilan ishlash bo‘yicha rejalarini ishlab chiqish hamda shu reja asosida barcha fakultetlarda ota-onalar yig‘ilishlarini o‘tkazish, talabalarning maьlumotlar bazasini shakllantirish lozimligi to‘g‘risida to‘xtaldi.
2018-09-05 19:40:00
82
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain











