Samarqand davlar chet tillar instituti

"Новая наука" Xalqaro ilmiy hamkorlik  markazi tomonidan Oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimida tahsil olayotgan talabalar uchun "Yil talabasi-2020" ilmiy tadqiqot tanlovi o'tkazildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakulteti
3-bosqich talabasi Ro'zimurodova Zarina Do'stmurod qizi Rossiyada oʻtkazilgan “Yil  talabasi-2020” xalqaro tanlovida 20 dan ortiq mamlakatlar ichidan “Yilning o'z mutaxassisligi bo'yicha eng bilimdon talabasi: filologiya yo'nalishi”  boʻyicha ishtirok etib, faxrli I oʻrinni egalladi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi: barcha oliy taʼlim muassasalari talabalarini qoʻllab-quvvatlash, ilm-fan, texnika rivojlanishiga hissa qoʻshayotgan yoshlarni aniqlab, ularni munosib ragʻbatlantirish hisoblanadi.

Tanlov natijalariga koʻra, Zarina Ro'zimurodovaning ilmiy ishlari, qoʻlga kiritgan yutuqlari va tanlov davomidagi saralash jarayonlari hisobga olingan holda I oʻringa munosib deb topildi va I darajali diplom, sertifikat bilan taqdirlandi.

Institut ma'muriyati Zarina Ro'zimurodovaning ilmiy rahbari Erkinov Suhrob Erkinovichga talabaning ilmiy-tadqiqot ishini olib borishida berayotgan yordami uchun cheksiz minnatdorchilik bildiradi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2020-12-29 15:55:00 102