Joriy yilning 14-yanvar kunida Samarqand davlat chet tillar institutida “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati “vatan himoyachilari – O’zbegim mard o’g’lonlari” shiori ostida tantanali katta tadbir tashkil etildi.

Tadbirni institut rektori Ilxomjon Tuxtasinov kirish so‘zi bilan ochib berdi va barchani bugungi bayram bilan chin dildan samimiy tabrikladi.

—"Bugun biz ishonch bilan ayta olamizki, yurtimiz xavfsizligiga qarshi qaratilgan ichki va tashqi tahdidlar, dunyo miqiyosida eng xatarli kuchga aylangan xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkoagressiya, ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishi kabi illatlarning oldini olish uchun mamlakatimiz zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan yaxshi ta’minlangan, professional, ixcham va tezkor Qurolli Kuchlar barpo etilgan”, – deydi institut rektori o’z nutqida.

Bayram tadbiri doirasida “Afg‘on urushi” qatnashchilari institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, tadbir davomida institut talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, harbiylarga atalgan qo‘shiqlar va milliy raqslar ijro etildi.

Bayram shukuhi yurtimiz bo‘ylab keng miqiyosida nishonlanayotgani kabi Samarqand davlat chet tillar institutida ham bu jarayon ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-01-14 15:30:00 106