2021-yilning 26-yanvar kuni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalarining talaba-yoshlari bilan uchrashuv o’tkazdi.
Uchrashuv davomida vazir oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan va oshirilishi kerak bo’lgan islohotlar to’g’risida batafsil so’z yuritdi. Jumladan, oliygohlarning ilmiy salohiyatini ko’tarish, talabalarni ilmiy ish bilan shug'ullanish hamda bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish, tizimda nomdor stipendiyalar turini ko’paytirish, oliygohlardagi ovqatlanish ob’ektlarining monitoring qilinishi, shuningdek, talabaning vazirga to’g’ridan to’g’ri taklif bildirishi uchun telegram ijtimoiy tarmog’ida “BOT” tashkil etilishi xususida ta’kidlab o’tdi.
Jarayon doirasida talabalar tomonidan bildirilgan taklif hamda muammolar tinglandi va kelgusida oliy ta’limda tahsil oluvchi talabalarning ilmiy maqolalarini chop ettirish uchun ilmiy jurnalning joriy etilishi, talabalar turar joyi binolarining ko’paytirilishi, respublikadagi mavjud oliygohlarda talabalarning ichki almashinuv dasturini yo’lga qo’yish hamda ushbu dasturni rivojlantirish kabilar alohida vazifa sifatida belgilab olindi.
“Sizlar tomoningizdan bildirilgan har bir taklif hamda muammo e’tiborsiz qolmaydi”– deydi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov o’z nutqi yakunida.
Bahrom OMONQULOV,
“Yosh jurnalist” klubi a’zosi
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain





