Hamma ham sog‘lom, tetik va baquvvat bo‘lishga, o‘z yoshligi, husni hamda ishchanlik qobiliyatini saqlashga harakat qiladi. Bunga erishishning asosiy vazifasi jismoniy harakatlardir.
Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, ayni vaqtda, mamlakatimizda yetuk, sog‘lom avlodni tarbiyalash borasidagi tub islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha muhtaram Prezidentimizning besh muhim tashabbusining ikkinchi tashabbusi ham aynan yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Aytish joizki, Samarqand davlat chet tillar instituti talabalar turtar joyida har tong erta sahardan turib, talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilar birgalikda ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarishmoqda.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain



