Joriy yilning 30-yanvar kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-II fakulteti talabalari bilan 3-son IIB Tergov bo’linmasi xodimlari uchrashuv o’tkazdi.
Unda Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor O.G’aybullayev, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Sh.Suyunov, 3-son IIB Tergov bo’linmasi boshlig’i mayor I.Ubaydullayev va shu bo’lim tergovchisi katta leytenant A.Xayrullayev hamda fakultet dekan o’rinbosarlari, professor-o'qituvchilar ishtirok etishdi.
Uchrashuv doirasida terrorizm, aqidaparastlik, diniy ekstremizm va giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida IIB xodimlari tomonidan tushunchalar berib o’tildi.
IIB xodimlari hamda talabalar o’rtasidagi uchrashuvni tashkil etishdan asosiy maqsad talabalarning bunday illat o’chog’iga tushib qolishlarining oldini olish bo’ldi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain






