Joriy yilning 1-mart kuni Samarqand davlat chet tillar institutida rahbariyat vakillari, fakultet dekanlari, dekan o’rinbosarlari, shuningdek, bo’lim boshliqlari hamda kafedra mudirlari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Jarayon davomida institutning ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda o’quv jarayonlari bilan bog’liq faoliyati o’rganilib chiqildi. Jumladan, institut murabbiylar kengashining faoliyatini jonlantirish, guruh rahbarlarining oylik ustamalarini qaytadan ko’rib chiqish, ijaraga joy beruvchi xonadonlar bilan hamkorlik aloqalarini tizimli tashkil etish, guruh rahbarlari uchun o’quv-seminarlarining o’tilishini yo’lga qo’yish, uyushmagan hamda uyushgan yoshlar bilan samarali ishlash kabilar yuzasidan aniq reja va vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, ijarada turuvchi talabalar holidan xabar olish va ularning sharoitlarini o’rganish, talabalarning harakatini monitoring qilish tizimini yo’lga qo’yish, talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish kabilar bo’yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

___________

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-03-01 20:10:00 102