Joriy yilning 4-mart kuni Samarqand davlat chet tillar instituti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o’qituvchilari Shaxnoza Mardiyeva va Sherzod Jumanovlar tomonidan SamDCHTI akademik litseyi o’quvchilariga “Zamonaviy o’qitishda  pedagogik texnologiyalarni qo’llash orqali darslarning tashkil etilishi" mavzusida  seminar mashg’uloti  o'tkazildi.

Seminar mashg’ulotida Shaxnoza Mardiyeva o’quvchilarga Pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo’llash haqida taqdimot usuli orqali batafsil ma’lumot berib o’tdi. Sifat va samaradorlikni oshiruvchi texnologiya va metodlardan unumli foydalanish darsning yanada qiziqarli va mazmunli o’tishi, berilgan mavzu o’quvchilar uchun yanada sodda va tushunarli bo’lishi haqida atroflicha tushuncha berildi.

Shaxnoza Mardiyevaning “O’yin texnologiyasi”ni dars jarayonida psixologiya va adabiyot fani misolida qo’llaganligi o’quvchilarda o’zgacha qiziqish hosil qilib, ularning dars jarayonida juda faol ishtirok etishini ta’minladi. Shundan so’ng seminar ishtirokchilariga muammoli ta’lim texnologiyasi va kichik guruhlarda ishlash metodi atroflicha yoritilib berildi. Bu ta’lim metodida o’quvchilar o’z fikr, mulohazalarini erkin bayon qila olishdi. Shuningdek, ular bu  texnologiya yordamida hayoti davomida duch kelishi mumkin bo’lgan muammoli vaziyatlardan oson va yengil chiqib ketish yo’l-yo’riqlarini ham o’rganib olishdi.

Bundan tashqari Sherzod Jumanov o’zi tayyorlab kelgan “Muz yorar” metodi orqali o’quvchilarning qiziqishini yanada orttirdi. Bu usul o’quvchilarning bir-biriga o’zaro hurmat, ishonch ruhi va kelajak hayotlaridagi qiziqish va qobiliyatlarini yanada shakllantirish lozim ekanligini tushunib olishdi. Seminar mashg’uloti qiziqarli va mazmunli tarzda tashkil etilib, bahs-munozaralarga boy bo’ldi. Litsey o’quvchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-03-04 17:20:00 104