Yoshlarning ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan 5 muhim tashabbusni amaliyotga joriy etish bugungi kunning eng asosiy vazifalaridan biridir.

Mazkur tashabbuslar yosh avlodni har tomonlama mukammal tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish ishlarini qamrab olgan bo‘lib, Samarqand davlat chet tillar institutida ham bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, institutda tahsil olayotgan talabalarning dars jarayonlaridan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun institut binosida fitnes klub,  ovqatlanish uchun hamyonbop oshxona hamda talaba qizlarni kasb-hunarga o’rgatish maqsadida go’zallik saloni tashkil qilinib, bugun ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda institut rahbariyati va xodimlaridan iborat jamoa ishtirok etishdi. 

Talabalar uchun yaratilgan yangi imkoniyatlarni ko’zdan kechirish maqsadida yig’ilganlarga osh dasturxoni tashkil qilinib, yoshi ulug’ kishilar tarafidan xatmona duosi o’qildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-03-04 20:25:00 101